13 jan 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA
ESPN 2025 yilning eng yaxshi bokschisi, jangi va nokautini elon qildi
Amerikaning nufuzli ESPN sport portali boks bo'yicha 2025 yil yakunlarini sarhisob qilib, turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblarni aniqladi.
Yilning eng yaxshi erkak bokschisi - Terens Krouford
Yilning eng yaxshi ayol bokschisi - Gabriela Fundora
Yilning eng yaxshi jangi - kichik Kris Yubenk va Konor Benn o'rtasidagi birinchi jang
Yil prospekti - Adam Azim
Yilning eng yaxshi nokauti - kichik Brayan Normanning Jin Sasaki bilan jangdagi g'alabali nokauti
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Terens Krouford professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. U 42-0 rekordi bilan mag'lubiyatsiz bokschi sifatida sportni tark etdi. U uchta vazn toifasida tarixdagi birinchi mutlaq jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar