23 apr 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Etti bokschi tarixdagi eng ko'p maosh olgan 50 nafar sportchi qatoriga kirdi, ular orasida Muhammad Ali yo'q!
Nufuzli Sportico nashri etti nafar bokschini o'z ichiga olgan tarixdagi eng ko'p maosh olgan sportchilarning Top-50 ro'yxatini elon qildi.
Kuchli o'ntalikka beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, faoliyati davomida 1,52 milliard dollar ishlab topgan amerikalik Floyd Meyvezer kiritilgan. Ro'yxatning 19-pog'onasida og'ir vaznda afsonaviy sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson (965 million dollar) joylashgan.
Ro'yxatda 23-o'rinni oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik Menni Pakyao (775 million dollar) egallagan. Saul Alvares va Jorj Forman o'z faoliyati davomida 730 million dollar ishlab topib, 27-o'rinni egallashdi.
Reytingning 31-pog'onasida Oskar de la Xoyya (705 million dollar), Evander Xolifild esa 42-o'rinda (650 million dollar) joylashgan.
Havola :
Manba : Sportico
Fikrlar