15 apr 11:49
Yangiliklar
Etti nafar og'ir atletikachimiz doping sabab 4 yilga chetlatildi
Aniqrog'i, Mansur Almurodov (73 kg), SHaxmerdan Kemalov (+109 kg), Hayotbek Zokirov (96 kg), Mahmudbek Yusupov (+109 kg), Hikmatullo Fazliddinov (81 kg), Fozilbek Jumanazarov (96 kg), Xudoyor Meliqo'ziev (67 kg)larga 4 yillik diskvalifikaciya jazosi tayinlandi.
Barcha sportchilar 2020 yil 15 oktyabr kuni og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati davomida doping-test topshirish uchun tanlangan bo'lib, ularning doping-sinamalarida S.1 – Anabolik steroid gormonlar guruhiga mansub metandienon, metasteron, testosteron, kanrenon kabi taqiqlangan moddalar aniqlangan.
Sportchilarning diskvalifikaciya muddati 2021 yil 31 martdan boshlanib, 2025 yil 30 martga qadar davom etadi. SHuningdek, sportchilarning 2020 yil 15 oktyabrdan boshlab olgan barcha medal va boshqa sovrinlari hamda reyting ochkolari bekor qilinadi.
Fikrlar