30 avg 14:40
Yangiliklar

Evander Xolifild keyingi jangi bekor qilinganini elon qildi
"Men bir necha oy davomida qattiq mashg'ulot qildim, ammo jang yana bekor qilinganga o'xshaydi. Bu mening qatiyatimga va Xudoning men uchun atab qo'yganlariga xalal bermaydi. Kim bilan jang qilishim, kim mening promouterim bo'lishi muhim emas. Men o'z muxlislarimga qo'lqoplarimni mixga abadiy ilb qo'yishdan oldin, yana kamida bir marta ringga chiqaman, deb vada beraman. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, nima bo'lishidan qati nazar doim men bo'lishgan. Xudo sizni asrasin”, - deb yozdi Xolifild o'zining Instagramdagi sahifasida.
Xolifild Kevin Makbrayd bilan to'qnashishi kerak edi.
Avvalroq, Xolifild mashhur videobloger Jeyk Pol bilan jang qilishga tayyorligi haqida gapirgan edi. Xolifildning so'zlariga ko'ra, agar unga katta gonorar taklif qilinsa, u Pol bilan boks tushishga rozi bo'ladi.
Fikrlar