So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

27 avg 10:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Kevin Xolland UFC`da millioner jangchi ekanligini rad etdi

Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, UFC`da Contender Series shousi orqali ligaga kelgan va biror marta ham chempionlik kamari uchun jang qilmasdan 11 million dollardan ortiq daromad topgan jangchi bor.

Barcha belgilar bu Kevin Xolland ekanligini ko'rsatmoqda, biroq amerikalik sportchi gap aynan u haqida ketayotganini qatiyan rad etmoqda.

2018 yilda UFC`dagi debyutidan beri Xolland 29 ta jang o'tkazdi, o'n marta 50 000 dollarlik turnir bonuslarini qo'lga kiritdi. Oxirgi elon qilingan gonorar malumotlariga ko'ra, o'tgan yilning yanvar oyida u Rene de Ridderga qarshi jangda (birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub bo'lgan) 250 000 dollar ishlab olgan.

Agar bunga homiylik daromadlarini, shuningdek, liga alohida to'laydigan qisqa muddatli ogohlantirish bilan o'tkazilgan tez-tez janglarni qo'shadigan bo'lsak, amerikalik jangchi Uayt nazarda tutgan yagona nomzoddek ko'rinadi. Biroq Xolland o'zining millioner ekanligini tan olishga tayyor emas.

"Men endigina uyg'ondim va hammangizga shuni aytmoqchimanki: bu jangchi — men emasman! Bu safsataga quloq solmang. Boss boshqa birov haqida gapirmoqda. Qaniydi, gap men haqimda ketayotgan bo'lsa edi", — deb yozdi Xolland ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Agar gap chempionlik kamari uchun jang qilgan sportchi haqida ketganida edi, Contender Series orqali o'tgan Jamal Xill, SHon O`Melli, Karlos Ulberg va Jek Della Maddalena nomlari tilga olinishi mumkin edi. Biroq Uayt aynan chempionlik uchun kurashmagan jangchini nazarda tutganini takidladi. SHunga qaramay, bu jangchi baribir Kevin Xolland bo'lish ehtimoli yuqori, shunchaki u o'z moliyaviy ahvoli ommaviy muhokama qilinishini istamayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing