23 mar 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Evloev g'alabadan so'ng: Londonni egalladik, endi navbat Sidneyga! (FOTO)
Londondagi UFC Fight Night 270 turnirining markaziy jangida britaniyalik Leron Myorfini mag'lub etgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi g'alabasidan so'ng London ko'chalarida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
"Londonni egalladik, endi Sidneyga ketyapmiz!", - deb yozdi Evloev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kechagi jang to'liq besh raund davom etdi va ko'pchilik hakamlarning qarori bilan rossiyalikning g'alabasi bilan yakunlandi. Mag'lubiyatsiz seriyasinii davom ettirgan Evloev Myorfiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi.
Malumot uchun, 30 yoshli rossiyalik professional aralash jangchi sifatidagi debyutini 2014 yilda o'tkazgan. 2019 yildan beri UFC’da ishtirok etib kelmoqda. Jahonning eng nufuzli tashkilotida u ketma-ket 10 ta g'alabaga erishdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar