So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

22 may 18:57
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Evroosiyo yuragi” fondi rahbari Toshkentda

“Ezgu niyat” ko'p tarmoqli tibbiyot markazi, yuragida nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyoti o'tkazishni to'liq yo'lga qo'ymoqda.

Endi chet elga borib, katta xarajat qilib davolanib kelishga hojat yo'q. Sababi, mamlakatimizda tibbiyot sohasiga berilayotgan etibor tufayli xususiy klinikalarda ham xorijning nufuzli mutaxassislari ishtirokida davolanish, eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini qildirish imkoni mavjud. Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan «Ezgu niyat» ko'p tarmoqli tibbiyot markazi mana shunday klinikalardan biridir.

Jumladan, zamonaviy uslubda barpo etilgan “Ezgu niyat” ko'p tarmoqli tibbiyot markazida bir necha xorijlik mutaxassislar ishlab kelishmoqda. Xususan, kuni kecha ushbu klinikada faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro “Evroosiyo yuragi” fondi rahbari, shveycariyalik kardiojarroh, professor Paul Fogt va uning jamoasi hamda mahalliy mutaxassislarimiz ishtirokida bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish loyihasiga qaratilgan davra suhbati bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, xususiy klinikalar ichida ilk marotaba yosh bolalarda  murakkab jarrohlik amaliyotini muntazam ravishda bajarishni yo'lga qo'yishmoqda. 

Statistik malumotlarga ko'ra, dunyoga kelgan chaqaloqlarning 100 dan 1 foizi tug'ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelar ekan. Bunday yurak xastaliklari mavjud bolalar mamlakatimizda ham yo'q emas. Ko'pchilik ota-onalar ularni davolash uchun xorijga borishga majbur bo'lishmoqda. Endilikda ushbu klinikada yosh bolalarda jarrohlik amaliyotini bajarishning  birinchi bosqichi joriy yilning iyun oyida bo'lib o'tsa, so'ngra sentyabr oyidan to'liq yo'lga qo'yilmoqda.

Aytish joyizki bu erda: 

- tug'ma va orttirilgan yurak nuqsonlar-poroklarni bartaraf qilish;

- aorta-koronar shuntlash;

- yurakda plastik jarrohlik va protezlash;

- yurak-qon tomir kasalliklari jarrohligi;

- angiografik tekshiruvlar;

- yurak-qon tomirlarini stentlash va boshqa qon tomirlari bilan bog'liq turli kasalliklarini tashxislash hamda davolash muolajalari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz rahbarining topshiriqlariga ko'ra, xorijiy mutaxassislar hamda chet el klinikalarida faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislarini jalb qilish yuzasidan ushbu tibbiyot markazida bugungi kunda bir nechta shifokorlar ishlab kelishmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 iyun kunidan Evropada 19 yildan buyon faoliyat yuritib, Daniyaning “Odense” Universitetiga qarashli klinikada murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelgan o'zbekistonlik kardiojarroh Irmuhammedov Ahmad Rustamovich  ham endi mamlakatimiz aholisiga xizmat ko'rsatish uchun qaytmoqda. SHu bois, yurtimizning kuchli mutaxassislari safiga yana bitta etuk kardiojarroh qo'shilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, birgina “Ezgu niyat” klinikasida yiliga 1 ming 200 ta kardiojarrohlik va 2 mingdan ortiq angiografiya amaliyoti o'tkazish imkoni bor. Bu esa yiliga 3 mingdan ortiq fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda emas, o'zimizda davolanishlari mumkindir. “Ezgu niyat” klinikasi kabi xususiy klinikalarning ko'payishi xalqimizning uzoq umr ko'rib, salomatlikda hayot kechirishiga xizmat qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing