10 mar 20:11
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				Evropaning uchta nufuzli klubi Van Deykka ko'z tikdi
"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil Van Deyk faoliyatini Evropaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
			Niderlandiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi joriy mavsumdan so'ng tugaydi. Jurnalist Grem Beylining malumotlariga ko'ra, mersisaydliklar sardori o'ziga Evropa futbolining yirik klublari qiziqish bildirayotganidan xabardor. Yaqinda CHempionlar Ligasi doirasidagi PSJ – "Liverpul" o'yiniga Madridning "Real" va "Atletiko", shuningdek, Myunxenning "Bavariya" klubi vakillari keldi.
Virjil Van Deyk "Liverpul" safida jami 309 o'yin o'tkazib, 26 ta gol urgan. Mashhur centrbek iyul oyida 34 yoshga to'ladi.
            Havola            :         
                    Manba                : The Sun 
             
			
Fikrlar