13 dek 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Extra Round 5. Ikki bokschimizda g'alaba, birida durang+FOTO
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida Extra Round 5 deb nomlangan professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshom doirasdagi uchta jang o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida bo'lib o'tadi. Ulardan ikki nafari o'z janglarini katta ustunlik bilan yakunlagan bo'lsa, yana biri kuchli raqibi bilan durangga erishdi.
Mirzohid Abdullaev rossiyalik bokschidan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgan bo'lsa, Ravshanbek Umurzoqov yana bir rus bokschisi Evgeniy Smelovni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Qobiljon Xosilov esa mezbon bokschi Karen Margaryanga qarshi ringga ko'tarildi. Belgilangan raundlar yakunida hakamlar o'z qarorlari bilan jang durang natija bilan yakunlanganini malumi qilishdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar