11 may 13:37
Yangiliklar
Fabregas boshqaruvidagi "Komo" tarixga kirdi
Sesk Fabregas jamoasi A Seriyaning 36-turida "Verona"ni mag'lub etib (1:0), xalqaro maydonga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Bu muvaffaqiyat klubning Italiya chempionatining kuchli oltiligidan joy olishini taminladi. "Komo" 36 turdan so'ng 65 ochko to'pladi va turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Jamoa oltinchi o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'lib ulgurgan.
Bu klub uchun tarixiy yutuq. "Komo" 2024 yilda A Seriyaga qaytganidan keyin oliy divizionda atigi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda va endi evrokuboklarga chiqishga muvaffaq bo'ldi.
Bu muvaffaqiyatning asosiy memorlaridan biri Sesk Fabregas bo'lib, jamoa uning boshchiligida Italiyada mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi.

Fikrlar