09 iyu 13:30
Yangiliklar
Futbol

Fakt. O'zbekiston Toshkentda Qatarga mag'lub bo'lmagan
Jahon chempionati yo'llanmasini hal qilib bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi ertaga saralashning oxirgi uchrashuvida o'z maydonida Qatarni qabul qiladi.
"Oq bo'rilar" shu kunga qadar Toshkentda Qatar bilan 6 bor to'qnash kelgan. Ular mana shu uchrashuvlarning barchasida hisobni o'z foydasiga hal qila olgan. 6 ta bahsning 4 tasi Jahon chempionati saralashiga to'g'ri kelsa, 1 ta o'yin Osiyo Kubogi saralash doirasida, yana 1 tasi o'rtoqlik maqomida o'tkazilgan. Vakillarimiz raqibi darvozasiga 16 ta gol urgan, o'z darvozasidan 2 ta gol o'tkazib yuborgan.
26.08.2001. O'zbekiston - Qatar 2:1
15.11.2006. O'zbekiston - Qatar 2:0
28.03.2009. O'zbekiston - Qatar 4:0
18.06.2013. O'zbekiston - Qatar 5:1
28.03.2017. O'zbekiston - Qatar 1:0
16.10.2018. O'zbekiston - Qatar 2:0
Malumot uchun, bellashuv ertaga "Bunyodkor" stadionida 18:45da start oladi.
Havola :
Manba : Championat.asia
Fikrlar