04 mar 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Fanat Qahramonov licenzion musobaqadagi dastlabki g'alabadan so'ng nimalar dedi?
SHu kunlarda Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun licenzion musobaqa davom etmoqda.
Kecha -75 kg vaznli bokschimiz Fanat Qahramonov mezbon sportchini mag'lubiyatga uchratdi. Biz uning dastlabki jangidan so'ng fikrlari bilan qiziqdik.
"Oz vaqt qolganida musobaqada qatnashishim aniq bo'ldi. SHu sababli dastlabki jangim biroz qiyin bo'ldi. To'g'risini aytaman, vazn qaytarib charchadim. Uch kun ichida olti kilogramm vazn tashlashga to'g'ri keldi. Nasib bo'lsa kelasi janglarda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsataman va o'zimga bildirilgan ishonchni oqlayman", - dedi Qahramonov.
Endi Fanat musobaqaning nimchorak finalida uchinchi raqam ostida saralangan bokschi, samoalik Yansen Puotaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar