09 mar 23:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Fanat Qahramonov so'nggi imkoniyatdan foydalana olmadi
Boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi uchun Olimpiada licenzion turnirining yana bir kungi bahslari o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina -75 kg vazn toifasidagi bokchimiz Fanat Qahramonov licenziya yo'lidagi birinchi jangini o'tkazdi. CHorak finalda mag'lubiyatga uchragan charm qo'lqop ustamiz eronlik Seyedshahin Musaviga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, qiziqarli kechgan jang yakunida Fanat raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hakamlar birinchi va uchinchi raundlarda eronlik bokschi, ikkinchi raundda esa Qahramonovning g'alaba qozonganini etirof etishdi. Yakunda Fanat Qahramonov licenziya uchun kurashish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Musavi esa endi mo'g'ulistonlik Erdene Otgonbaatarga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Мани Эрдос Жанабергенов деган ку'шни братаним бор эди. Узб чемпионатида ракибларини 2-3 раундга обормасди. Наглый бойларни бермасди чунки оддий оиладан чиккан бола. Алам билан ку'шни Козогистонга ку'чиб кетди ва 2005 йил кз номидан чикиб жч чемпион буганеди.
Хуллас бизада корупция йуколмайди.
Uni boks deb bilmagan bolardim fikrimcha. O'rniga boshqasi kelish kk