03 mar 21:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Fanat Qahramonov Tokio-2020 chiptasi uchun yurishini boshladi
Xabar berganimizdek, bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasining kvalifikacion turniri boshlandi.
Bokschilarimizdan ushbu licenzion musobaqadagi yurishini Yodgoroy Mirzaeva ishonchli g'alabasi bilan boshlab bergandi. Hozirgina yana bir charm qo'lqop ustamiz Fanat Qahramonov o'zining ilk jangini yakunladi.
-75 kg vazn toifasidagi bokschimiz iordaniyalik Osama Majidga qarshi ringga ko'tarildi. Uchchala raundda ham sezilarli tashabbusga ega bo'lgan Qahramonov mezbon bokschini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar