01 avg 15:12
Yangiliklar
Tokio-2020
Fanat Qahramonovni mag'lub etgan qozoq bokschisi Olimpiada medalidan quruq qoldi
Qozog'istonlik -75 kg vazn toifasidagi Abilxan Amankul keyingi bosqichga chiqa olmadi.
Vakilimiz Fanat Qahramonovni Olimpiadadan chiqarib yuborgan Abilxan Amankulning o'zi ham yarim finalga chiqa olmadi. Abilxan chorak finalda braziliyalik Ebert Souzga qarshi ringga chiqdi. To'qnashuv esa 2:3 hisobida Amankulning mag'lubiyati bilan yakunlandi.
SHunday tariqa, qo'shnilarimizda ham Olimpiadada uch nafar bokschi qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar