So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

07 okt 09:03
Yangiliklar

Bolalar sporti

Farg'onada 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi amalda

Mazkur tashabbusning ikkinchi yo'nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yoshlarimizga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg'u berilgan bo'lib, ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Mazkur tashabbusning ikkinchi yo'nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Ushbu tashabbusni amaliyotga joriy etilishini taminlash bo'yicha bir qator sport tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha Farg'ona viloyatida Marg'ilon shahrida «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish, badantarbiya mashg'ulotlari, mahallalardagi nuroniy otaxonlarni sog'lomlashtirish uchun Yoga mashg'ulotlari, “Workout” – mahalla (ko'cha) fitnesi turi bo'yicha mashg'ulotlar hamda shaxmat musobaqasi, Marg'ilon shahar 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tasarrufidagi “Yoshlik" suzish havzasida mahallada istiqomat qilayotgan bolalar va qizlar o'rtasida suzish musobaqasi, «Miltiqsoz» MFYda xususiy tadbirkor tomonidan 2019 yilda qurib bitkazilgan «Fitnes» zalida shahardagi uyushmagan xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini mustahkamlash maqsadida sport mashg'ulotlari hamda 18-30 yoshdagi mahalla yoshlar o'rtasida «Hokim kubogi» futbol musobaqalari o'tkazildi.

Barcha sport musobaqalari hamda ommaviy sport tadbirlari respublika maxsus komissiyasining hududlarda koronavirus infekciyasi keng tarqalishini oldini olish borasidagi tavsiyalariga to'liq rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Ushbu sport tadbirlarini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad , aholining barcha qatlamlari o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmasini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash hamda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing