So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

31 may 08:44
Yangiliklar

Kurash

Farg'onada O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Farg'ona olimpiya zaxiralari kollejida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etmoqda.

Ushbu musobaqada dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Tabrik uchun so'z olgan federaciya raisi Ravshan Dastirov, Farg'ona viloyat hokimi o'rinbosari - turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshidjon Ahmedov, O'zbekiston Milliy olimpiya qumitasining Farg'ona viloyati vakili, kurash bo'yicha Farg'ona viloyati ijrochi direktori Sevara Dehqonova, belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov, belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida terma jamoa bosh murabbiyi Azamjon SHokirjonovlar  yurtimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga, milliy sport turlarimizga,  xususan, sportning aholi orasida ommaviyligini taminlash kabi ishlarga alohida etibor qaratilayotgani haqida takidlab, polvonlarlarga omad tilashdi. SHu tariqa kattalar o'rtasidagi mazkur O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Takidlash joiz, ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yo'nalishda 5 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Bellashuvlar 1 iyunga qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing