20 may 10:20
Yangiliklar
Boshqalar

Farg'onada “Yangi O'zbekiston – Olimpiya cho'qqilari” musobaqalarining mintaqaviy bosqichiga tantanali tarzda start berildi
Farg'ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakat bo'ylab keng ko'lamda o'tkazilayotgan “Yangi O'zbekiston – Olimpiya cho'qqilari” musobaqalarining - engil atletika bo'yicha mintaqaviy bahslari boshlandi.
Tantanali ochilish marosimida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari SH.Polvonov, Farg'ona shahar hokimi V.Nazarov, viloyat sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdilar.
Mintaqaviy bosqichida Farg'ona va Quvasoy shahar, Quva, So'x, Farg'ona tumanlaridan kelgan sportchilar g'oliblik uchun bellashdilar. Yakunda g'olib va sovrindorlar medal hamda diplom bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo'l oldilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar