01 sen 14:08
Yangiliklar
Bolalar sporti

Farg'onada zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Farg'ona viloyati Yozyovon tumanining olis hududi - Yangiobod MFYda zamonaviy universal sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu inshoot Davlatimiz rahbarining mamlakatimizda sport sohasi rivojiga qaratayotgan etiborlari natijasida joriy yil boshida Sport vaziri Adkham Ikramovning Farg'ona viloyatiga tashrifi chog'ida berilgan topshiriq asosida barpo etildi.
Ochilish tadbirida viloyat sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J. Maripov, jamoatchilik vakillari, mahalla aholisi hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlar uchun yaratilgan ushbu qulay sharoit bayramona ruhda tantanali tarzda topshirildi.
SHuningdek, tadbir davomida Sport vazirligining esdalik sovg'alari ham topshirildi.
Havola :
Fikrlar