So’nggi yangiliklar

20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0

11 fev 11:23
Yangiliklar

Futbol

Farrux Sayfiev O'zbekiston termasining Osiyo kubogidagi ishtiroki, “Navbahor”ga o'tishi va namanganlik muxlislar haqida fikr bildirdi

Teglar :  Farrux Sayfiev
Bir necha kun avval “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan Farrux Sayfiev Namangan klubi matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

Farrux, suhbatimizni Osiyo kubogi - 2023 musobaqasidagi milliy terma jamoamizning ishtiroki xususidagi taassurotlaringiz bilan boshlasak. Terma jamoamizning mazkur turnirdagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Assalomu alaykum! O'sha musobaqada yaxshi ishtirok etdik, deb o'ylayman. Biz yana ham uzoqroqqa borishga loyiq edik, ammo, afsus, nasibamiz shu ekan!

Qatar termasining “to'sig'i”dan o'tishimizga nima etishmadi, deb o'ylaysiz? Har holda vakillarimiz o'sha bahsda yomon o'ynashmagandi...

- Qatarliklarga qarshi kechgan o'yinda  ikkinchi golni urishimiz kerak edi, menimcha. SHunda vaziyat penaltilar seriyasiga qadar etib bormasdi. Penaltilar seriyasi esa o'zingizga malum, albatta bu lotereya degani. Unda esa har narsa bo'lishi mumkin. 

Endi “Navbahor”ga o'tishingiz haqida gaplashsak. Jamoaga ko'chib o'tishingiz qanday sodir bo'ldi?

- Agentim menga aloqaga chiqib, “Navbahor”dan yaxshi taklif bo'layotganini aytdi va uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng, jamoa azosiga aylandim.

“Navbahor” tarkibida mashg'ulotlarda ham ishtirok etdingiz. Ilk taassurotlar qanday?

- Darhaqiqat jamoaning mashg'ulotida qatnashdim, hammasi alo darajada! “Navbahor”da avval ham turli jamoalarda men bilan birga o'ynagan futbolchilar ko'p. SHu bois, o'zimni juda yaxshi his qildim. Albatta, eski do'stlarim bilan bir jamoada o'ynashim, men uchun ham, “Navbahor” uchun ham bir tomondan yaxshi deb hisoblayman! 

O'zingizga malum, so'nggi mavsumlarda “Navbahor” va “Paxtakor” klublari o'rtasida chempionlik unvoni uchun o'ziga xos kurash kechmoqda. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, poytaxtliklar safidagi faoliyatingiz davomida bir kun kelib, namanganliklar tarkibida o'ynash hech xayolingizdan o'tganmidi?

- To'g'ri aytdingiz, “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoalari oxirgi mavsumlarda chempionlik uchun kurashda yuqori intrigani yuzaga keltirishmoqda. Ushbu klublarning  o'zaro qarama-qarshiligida ham maydonda haqiqiy jang kechayotganini ko'ryapmiz. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik barcha muxlislar  kutishadi va zo'r qiziqish bilan tomosha qilishadi.

Futbolchining hayoti shunaqa, kimdir keladi, kimdir ketadi. Nasib qilgani bo'ladi baribir! Biz - futbolchilar  jamoamizning zafari uchun mehnat qilamiz. Qolgani esa Allohdan deb bilaman. SHuningdek, ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Nasibam qo'shilgan ekan, yangi mavsumda “Navbahor” libosida o'ynayman!

“Navbahor” borasida nima deya olasiz? Oldingizda ko'plab variantlar bo'lishiga qaramay, jamoamizni tanlashingizning sababi nimada?

- “Navbahor”ni tanlashimga yuqorida takidlaganimdek, ushbu jamoa tarkibida ko'plab do'stlarim borligi. Ular bilan avval ham birga o'ynaganmiz, qolaversa, ayrimlari bilan milliy terma jamoada birga to'p tepyapmiz. SHu jihatlarni inobatga olgan holda, “Navbahor”ni tanladim, desam mubolag'a bo'lmaydi.

“Navbahor” muxlislarining ijobiy hamda salbiy xislatlari haqida nima deya olasiz?

- Jamoa ishqibozlarini yurtimizda o'z o'rinlari bor. Ular haqida salbiy fikr aytolmayman va bunday niyatim ham yo'q. Namanganlik muxlislarning “Navbahor”ni qanday qo'llab-quvvatlashlarini barcha hamyurtlarimiz bilishadi. SHuning uchun ular haqida ortiqcha gapirish hamda tarif berishga hojat yo'q! Ishqibozlar meni ham iliq tarzda kutib olishdi.

So'nggi so'z o'rnidagi fikrlaringiz?

- Avvalo Qatardagi Osiyo kubogi turnirida biz – futbolchilarni qo'llagan va bizga ishonganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor” muxlislaridan ham yangi mavsumda jamoamizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz. Nasib etsa, yana suhbatlashamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing