So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

22 iyu 18:30
Yangiliklar

Og'ir atletika

Farxodbek Sobirov yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'ldi

Xabar berib o'tganimizdek, ayni kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

23 iyunga qadar davom etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar azosi ham ishtirok etyapti. Jumladan 77 kg. vazn toifasida SHahzod Xudoyberganov, 94 kg. vaznda Farxodbek Sobirov va 105 kg. vaznli polvonlar bahsida Akbar Jo'raevlar kunchiqar yurtda mamlakatimiz sharafini himoya qilishmoqda. 

Vakillarimiz orasida birinchi bo'lib 77 kg. vazn toifasida SHahzod Xudoyberganov bahslarga kirishgan, u dast ko'tarishda 152 kg, siltab ko'tarishda esa 186 kg. natija bilan umumiy 338 kg. og'irglikni o'ziga bo'ysundirib, jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'lgandi. 

Bugun yana bir hamyurtimiz Farxodbek Sobirov 94 kg. vaznli polvonlar bahsida o'z ishtirokini boshlab, yakunda jahon chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Farxodbek dast ko'tarishda avvalo 170 kg. tosh ko'targan bo'lsa, keyingi urinishlarda 175 va 180 kg. og'irlikni ham o'ziga bo'ysundirib 1-o'rinni egalladi. 

Siltab ko'tarishda ham o'zbek polvoniga teng keladigan raqib topilmadi. Sobirov ushbu yo'nalishda birinchi urinishda 200 kg. toshga buyurtma berdi va ushbu og'irlikni ortiqcha qiyinchiliksiz zabt eta oldi. Keyinchalik esa Farxodbek 206 va 210 kg. og'irlikdagi toshlarni ko'tarib, umumiy 390 kg. natijasi bilan xaqli ravishda jahon chempionligiga erishdi. 94 kg. vazn toifasida jahon chempionatining kumush medali beloruslik Yauxeni Cixantsouga nasib qilgan bo'lsa, Eron terma jamoasi azosi Rahmon Uramex bronza medaliga loyiq ko'rildi. 

Demak, jahon chempionatida ishtirok etayotgan uch nafar vakilimizdan ikkitasi hozircha oltin va kumush medallariga sazovor bo'lib ulgurishdi. Ertaga, 22 iyun kuni og'ir vazndagi polvonimiz Akbar Jo'raev ham bahslarga kirishadi. Biz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akbarjonga ham omad tilab qolamiz va albatta jamoadoshlari boshlab bergan zafarli yurishni munosib davom ettirishga umid qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 iyu 14:45:44
Ангрен
Молодцы ребята, так держать!!!
   
22 iyu 19:03:46
Bek
Яшавор Фарходбек. Бу номни эслаб қолинг мазкур спортчимиз ўзбек оғир атлетикасининг яқин келажакдаги юлдузига айланади. Мазкур чемпионлик унга ёшлар ўртасида иккинчи маротаба жахон чемпионлигини тақдим этди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing