So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

09 noy 16:39
Yangiliklar

Tadbirlar

Faxriy ustozlar duosi – g'alabaga undaydi

Teglar :  Faxriylar
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan CHirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida “Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan talaba-sportchilarga faxriy ustozlar duosi” mavzuida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir keyingi yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritgan talaba-sportchilarni manaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida uyushtirildi.

Tadbirga O'zbekiston sport faxriylari kengashi azolari, o'z davrida yuqori sport natijalariga erishgan Olimpiya o'yinlari, qita va jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali mehnat qilgan sport faxriylari taklif etildi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, og'ir atletika bo'yicha Jahon va Evropa rekordchisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, I-darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohibi Erkin Karimov kabi sport faxriylari so'zga olib, navbatdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan talaba-sportchilarga qimmatli maslahatlari va zarur tavsiyalarini berdi.

Tadbir so'ngida sport faxriylari Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tilab oq fotiha berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing