26 apr 15:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov amerikaliklarga palov tayyorlab berdi (VIDEO)
"Top Rank" kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov ayni paytda AQSHda istiqomat qilmoqda.
Kuni kecha professional boksda ilk g'alabasini qo'lga kiritgan Olimpiada chempioni g'alabadan so'ng AQSHdagi do'stlariga milliy taomimiz bo'lgan palovni tayyorlab bergan.
"Palovga keling, buyurtma bering. Narxiga kelisha olsak, tayyorlab beramiz", - deya xazillashib qo'yadi Fazliddin videoda.
Bokschimizning palov suzayotganini tasvirga olgan do'stlari ushbu jarayonni ijtimoiy tarmoqqa ham joylashtirishdi.
Videoni tomosha qiling:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar