14 sen 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Fazliddin G'oibnazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga o'z munosabatini bildirdi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda boks bo'yicha Rio Olimpiadasi sovrindori Fazliddin G'oibnazarovning muxlisasi bilan tushgan surati tarqaldi.
Fazliddinni qanday yigit ekanligini yaxshi bilganimiz uchun u bilan bog'lanib, ushbu tushunmovchilikka oydinlik kiritib oldik.
"Men u qizni tanimayman. Oldimga ko'plab muxlislar va muxlisalar suratga tushgani kelishadi. U ham mana shundaylardan biri. Ko'rinishidan u erkatoyroq qiz. Xar kim turlicha suratga tushadi. Buni jiddiy qabul qilayotganliklaridan hayronman. Yaqinlarim meni juda yaxshi bilishadi. Buni sizlarga ham aytaman. SHunchaki oldimga keldi va suratga tushdi. O'sha suratni ijtimoiy tarmoqqa joyladi", - deydi Olimpiada chempioni olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar