27 fev 21:13
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov Lomachenko bilan jang qilishga tayyor
"Niyatim bor. Bu yaxshi jang bo'lardi. Umuman olganda bu katta voqelik. U bilan jang uchun vaznimni 61,2 kg.ga tushirishga tayyorman.
Lomachenko bilan bitta promouterlik kompaniyasida, bitta menejerdamiz. Bitta zalda shug'ullanamiz. U Rigondoga qarshi jang oldidan tayyorgarlik jarayonida sparring taklif qilgandi. Ammo, o'sha payt vaznim katta edi.
U yaxshi inson, kamtar yigit. AQSHga ilk marotaba borganimda debyutim oldidan u va dadasi Anatoliy Lomachenkodan maslahatlar olganmiz. Zalimizda MDH mamlakatlaridan bokschilar yig'ilgan. Anatoliy Lomachenko doimo maslahat berib turadi", - dedi Fazliddin G'oibnazarov.
Eslatib o'tamiz, havaskor boksda Fazliddin G'oibnazarov ikki marotaba Lomachenkoga qarshi jang qilgan va har ikkisida ham mag'lub bo'lgan. Malumot uchun, Lomachenko havaskor boksda 397 ta jang o'tkazgan va ularning 396 tasini g'alaba bilan yakunlagan. Ikki marotaba Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar