18 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov taroziga chiqdi, ertaga jang!
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Rio Olimpidasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi ettinchi jangini o'tkazadi.
CHarm qo'lqop ustamiz Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko'tariladi. Ertangi jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g'alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag'lub bo'lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar