16 iyu 21:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovni tabriklaymiz!
Bugun taniqli o'zbek bokschisi, Olimpiya o'yinlari g'olibi Fazliddin G'oibnazarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Fazliddin G'oibnazarov 1991 yil 16 iyun kuni Toshkent viloyatida tug'ilgan. 2015 yil boks bo'yicha Tailandda o'tkazilgan Osiyo va Qatar mezbonligidagi jahon chempionati sovrindori. JCH orqali -64 kg vazn toifasida Rio-2016ga yo'llanma olgan vakilimiz Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi.
Ko'rsatgan mana shunday natijalari uchun “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Sportchimiz hozirda professional boksda faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Fazliddin G'oibnazarovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat salomatlik tilab qoladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar