29 mar 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi malum
Dunyoga mashhur “Top Rank” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur jang 22 aprel kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tadi.
Ayni paytda bokschimiz murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan birga mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar