27 dek 15:13
Yangiliklar
Dzyudo
Federaciya rahbariyati viloyat murabbiylari bilan uchrashdi
O'zbekiston dzyudo federaciyasida viloyatlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Milliy olimpiy qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o'rinbosarlari Zafar Mamajonov, Bekzod To'raboev, federaciya bosh kotibi Nodir G'oyibnazarov, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis ishtirok etdi.
Azizjon Kamilov murabbiylar bilan muloqot chog'ida yutuq va kamchiliklar, mavjud kamchiliklar, muammolar, ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi. 2022 yilda selekciyaga yanada jiddiy etibor qaratilishi lozimligi aytildi. Selekciya natijasida yangi nomlar kashf etiladi, bu esa o'z o'rnida terma jamoadagi raqobatning kuchayishiga zamin yaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar