So’nggi yangiliklar

17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0 12:58Саблячи қизларимиз Осиё чемпионатининг жамоавий дастури совриндори! 0 12:24Дзюдочиларимиз Циндао Гран-присида иштирок этишади 0 11:55Равшан Эрматов: "Биз ҳали биринчи синфмиз!" 0 11:16Қарши шаҳрида Олимпия кунига бағишланган спорт тадбири ўтказилди 0 10:50"Ҳумо арена"да Мундиал атмосфераси: мухлислар Ўзбекистон - Португалия ўйинини қандай томоша қилишди? (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:19Икки теннис маликамиз Уимблдон 1/2 финалида! 0

10 may 13:55
Yangiliklar

Dzyudo

RASMAN: Toshkent 2026 yilda dzyudo bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

Qozog'istondagi "Katta Dubulg'a" turniri doirasida O'zbekiston poytaxtida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha tarixiy kelishuv imzolandi.

Hujjat Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer va O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov tomonidan imzolandi.

Turnirni Iordaniyadan O'zbekistonga ko'chirish to'g'risidagi qaror mamlakatimizning yuqori xalqaro nufuzining tasdig'i bo'ldi. Bunday nufuzli musobaqalarning Toshkentda o'tkazilishi davlatimiz rahbarining shaxsan sportni rivojlantirishga qaratayotgan etibori va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasidagi keng ko'lamli islohotlarning jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilishidir.

Azizjon Kamilov boshchiligidagi Federaciyaning tizimli faoliyati va 2022 yili kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazish tajribasi tufayli Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) O'zbekistonni xavfsizlik va mukammal tashkil etishni kafolatlaydigan eng ishonchli hamkor sifatida tanladi.

Jahon chempionati 2026 yilning 19-22 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Turnir Yangi O'zbekistonning sport salohiyatini namoyish etish uchun muhim maydon va sportchilarimizning kelajakdagi Olimpiya g'alabalari uchun kuchli rag'bat bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing