28 fev 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Makgregorni oktagonga chorladi, Konor bunga javob qaytardi
UFC jangchisi Toni Fergyuson ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorni oktagonga chorladi.
Irlandiyalik sportchi ham chorlovga javob qaytardi. Ikkala jangchi ham Twitter ijtimoiy tarmog'ida dialogga kirishishgan. Avvaliga Fergyuson Tvitterda xabar qoldirdi.
"Soussiz Maknagets. Hozirgi Konor avvalgisining kopiyasi xolos. Konor, jag'ingning mustahkamligini o'ng qo'l zarbam aniqlab beradi", - dedi Fergyuson.
Makgregorning Fergyusonga javobi esa mana shunday bo'ldi:
"Toni, agar biz qayta olsak, demak yana oldinga intilishimiz kerak. Men senga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Seni hamkasb sifatida duo qilaman. Oila azolarim nomidan respekt Paradigm. Hurmat bilan sening, Burger Kinging", - deya javob yozdi Konor.
Paradigm - bu Fergyuson va Makgregor bilan hamkorlik qiluvchi tashkilot.
Havola :
Fikrlar