01 apr 13:08
Yangiliklar

Fergyuson, Nurmagomedov va To'xtamurodov. GFL Ligasining dastlabki ikki turniri kardlari elon qilindi
Liga dastlabki turnirini 25 may tongida Los-Anjeles shahrida o'tkazadi. Markaziy jang UFC sobiq azolari — Yurayya Feyber va Renan Barao o'rtasida kechadi. Bundan tashqari, turnir doirasida Entoni Pettis, Xolli Xolm, Derek Branson, Robelis Despane kabi taniqli aralash yakka kurash ustalari oktagonga ko'tarilishadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, GFL 1 turnirida o'zbekistonlik Humoyun To'xtamurodov AQSH vakili CHarlz Rosa bilan bahs olib boradi.
GFL 1 turnirining to'liq kardi:
Oradan bir kun o'tib, 26 may tongida esa xuddi o'sha manzil GFL 2 turniriga mezbon bo'ladi.
Mazkur musobaqaning asosiy bellashuvida UFC afsonalaridan biri Toni Fergyuson Dillon Denis bilan to'qnash keladi. Yulduzlardan Aleksandr Gustafsson, Yurayya Xoll, Peyj Vanzant, Abubakar Nurmagomedov va boshqalar ishtirok etishadi.
GFL 2 turnirining to'liq kardi:
Fikrlar