15 apr 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Fergyuson Xabibga: Etar endi qochib yurishing!
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Toni Fergyuson rossiyalik Xabib Nurmagomedovga murojaat qildi.
Amerikalik MMA jangchisi UFC rahbariyatidan amaldagi chempion Xabib Nurmagomedov bilan chempionlik jangi tashkil etib berishni so'radi.
"Ketma-ket 11ta jangda g'alaba qozondim. Rekordim - 14-1. Men muhokama qilinmaydigan jahon chempioniman! Xabib va Dana (UFC prezidenti) shu narsani hisobga olib qo'yishsin. Qachongacha Fergyusondan qochib yurmoqchisizlar!" - deya Twitter sahifasida xabar qoldirgan Fergyuson.
Takidlash joiz, ayni paytda Xabibga qarshi jang o'tkazishga asosiy va qaysidir manoda rasmiy davogar Dastin Pore bo'lib turibdi. Pore kecha Maks Xolloueyni mag'lubiyatga uchratib, engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar