06 apr 16:54
Yangiliklar

Ferstappen mavsumdagi ilk g'alabasini Yaponiya Gran prisida qo'lga kiritdi, Norris ikkinchi, Piastri esa uchinchi bo'ldi
Yaponiya Gran prisida g'alaba "Red Bull"ning niderlandiyalik piloti Maks Ferstappenga nasib etdi. Ikkinchi o'rinni "Maklaren" vakili Lando Norris egalladi. Ushbu jamoaning yana bir azosi Oskar Piastri esa poygada uchinchi natijani qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, to'rt karra jahon chempioni Ferstappen uchun bu g'alaba 2025 yilgi mavsumdagi birinchi va faoliyatidagi 64-g'alaba bo'ldi.
Formula 1
Yaponiya Gran-prisi
Poyga natijalari:
1. Maks Ferstappen («Red Bull») — 53 aylana.
2. Lando Norris («Maklaren») +1.423.
3. Oskar Piastri («Maklaren») +2.129.
4. SHarl Lekler («Ferrari») +16.097.
5. Jorj Rassell («Mersedes») +17.362.
6. Andrea Kimi Antonelli («Mersedes») +18.671.
7. Lyuis Xemilton («Ferrari») +29.182.
8. Isak Xajar («Reysing Bullz») +37.134.
9. Aleksander Albon («Uilyams») +40.367.
10. Oliver Berman («Xaas») +54.529.
11. Fernando Alonso («Aston Martin») +57.333.
12. Yuki Cunoda («Red Bull») +58.401.
13. Per Gasli («Alpin») +1:02.122.
14. Karlos Sayns («Uilyams») +1:14.129.
15. Jek Duen («Alpin») +1:21.314.
16. Niko Xyulkenberg («Xaas») +1:21.957.
17. Liam Louson («Reysing Bullz») +1:22.734.
18. Esteban Okon («Xaas») +1:23.438.
19. Gabriel Bortoleto («Kik-Zauber») +1:23.897.
20. Lens Stroll («Aston Martin») +1 aylana.
Fikrlar