10 iyu 13:13
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Circuit 2026-2027: Abdusattorov etakchilikni saqlab qoldi, Sindarovchi?
FIDE Circuit 2026-2027 reytingining navbatdagi yangilanishiga ko'ra, O'zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov umumiy hisobda peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Javohir Sindarov esa Super Chess Classic Romania turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng etakchiga yanada yaqinlashdi. Fabiano Karuana uchinchi o'rinda bormoqda, Vinsent Keymer esa Ruminiyadagi g'alabasi evaziga kuchli to'rtlikka kirdi.

Ayollar o'rtasidagi FIDE Circuit reytingida ham muhim o'zgarishlar kuzatildi. Norway Chess Women va Osiyo ayollar chempionati yakunlariga ko'ra, Bibisara Assaubaeva reytingning birinchi pog'onasiga ko'tarildi. Zu Jiner ikkinchi, avvalgi etakchi Vaishali Rameshbabu esa uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Osiyo ayollar chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida o'zbekistonlik grossmeyster Afruza Hamdamova ham kuchli o'nlikdan joy oldi.

Havola :
Manba : Uzbchessfederation
Fikrlar