05 iyu 18:55
Yangiliklar
FIDE reytingi. Qosimjonov to'rt pog'onaga pastladi
O'n
ettinchi jahon chempioni ayni paytda 45-o'rinni egallab turibdi. Qosimjonov o'tgan
oyga (2703) qaraganda 7ta punkt (2696) yo'qotgan. Dunyo shaxmatchilari reytingini
esa hamon amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2894) boshqarib boryapti.
Kuchli uchlikdan amerikalik Xikaru Nakamura (2839) hamda rossiyalik Sergey Karyakin
(2818) joy olishgan.
Mamlakatimiz
shaxmatchilarining kuchli o'ntaligida xalqaro grossmeyterlarimiz Rustam Qosimjonov (2673),
Anton Filippov (2547), Tohir Vohidov (2507), Saydali Yo'ldoshev (2497), Marat
Jumaev (2476), xalqaro master Jo'rabek Hamroqulov (2449), grossmeysterlar Jahongir
Vohidov (2447), Aleksey Barsov (2411), xalqaro master Elbek Aliqulov (2397) hamda
FIDE ustasi Akmal Fayzullaev (2363) qayd etilgan.
Fikrlar