24 avg 16:47
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Rossiya terma jamoasining Samarqand Olimpiadasidagi ishtiroki bo'yicha yakuniy qarorini elon qildi
15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Biroz avval Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) O'zbekiston mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga Rossiya erkaklar va ayollar terma jamoalarining qo'yilmasligini elon qildi. Rossiyalik shaxmatchilar ketma-ket uchinchi Olimpiadada ham ishtirok etishmaydi.
Jahon reytingida Top-10`talikdan joy olgan grossmeysterlardan Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura ham Samarqandga kelmaydi. Fabiano Karuana, Uesli So, Hans Niemann, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju singari shaxmat yulduzlari esa aksincha, yurtimizga keladigan 2000 nafardan ziyod shaxmatchilar orasida o'z mahoratlarini namoyish etadilar.

Havola :
Fikrlar