16 avg 10:45
Yangiliklar
Futbol
FIFA Butun Hindiston futbol federaciyasini diskvalifikaciya qildi. Buni “So'g'diyona”ga qanday aloqasi bor?
Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali xabar qilmoqda.
Unga ko'ra, FIFA Butun Hindiston futbol federaciyasini ularning ishlariga uchinchi tashkilotlar aralashgani tufayli diskvalifikaciya qildi.
Mamlakatdagi barcha jamoalar xalqaro musobaqalardan chetlashtiriladi. Masalan, janubi-g'arbiy zona g'olibi bilan to'qnash kelishi kerak bo'lgan “Moxan Bagan” OFK Kubogi yarim finalida qatnasholmaydi.
“Kerala” ayollar jamoasi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etolmaydi va G'arbiy guruhda faqatgina 2 ishtirokchi – “So'g'diyona” va “Bam Xatun” (Eron) qoladi.
Vanihoyat, Hindiston 11-30 oktyabrga rejalashtirilgan 17 yoshgacha ayollar o'rtasidagi mundialga mezbonlik qilolmaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar