31 mar 10:51
Yangiliklar
Futbol
FIFA Eronning JCH-2026da ishtiroki haqida bayonot berdi
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladigan jahon chempionatida Eron terma jamoasining ishtirok etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Biz Eron jamoasi qanday qiyin vaziyatda ekanligini juda yaxshi tushunamiz va haqiqatni hushyorlik bilan baholaymiz. SHunga qaramay, biz ishni davom ettiramiz va ularning jahon chempionatidagi o'yinlari imkon qadar qulay sharoitda o'tishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Hech qanday muqobil rejalar — na B, na C, na D rejasi yo'q, faqat A rejasi mavjud.
Biz murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida yashamoqdamiz va unga tasir o'tkaza olmaymiz. Ammo biz odamlarni birlashtirishga, ularga birlik hissini tuyish imkonini berishga va tinchlik hamda bayram muhitini yaratishga qodirmiz", — dedi Infantino.
Havola :
Manba : El Financiero
Fikrlar