16 iyu 13:59
Yangiliklar
FIFA prezidenti Eron kiyim alishtirish xonasiga kirib, nimalar dedi?
"Yangi Zelandiyaga qarshi bahs qiyin kechdi, agar ko'proq omad kulib boqqanida, hatto g'alaba qozonishingiz ham mumkin edi. Biroq siz jahon chempionatida ishtirok etayotganingiz, chiroyli o'yin ko'rsatayotganingiz bilan oilangiz, do'stlaringiz, muxlislaringiz va butun dunyo oldidagi burchingizni bajaryapsiz. Oldinda yana ikkita o'yiningiz qoldi. Va mana shu qolgan ikki uchrashuvda siz qilayotgan ishingiz bilan dunyoni yana bir bor faxrlanishga majbur qilasiz!
Men nimalarni boshdan kechirayotganingizni bilaman. Hammasini tushunib turibman… Lekin siz bularning barchasidan kuchliroqsiz. Siz butun dunyoga muhim xabar yo'llayapsiz. Bugun oqshom butun stadionni o'z atrofingizda birlashtira oldingiz. Siz buni dunyoga ko'rsatdingiz va kuchli signal yo'lladingiz. Sizlarga katta rahmat", — deya Infantino so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

Fikrlar