08 mar 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Finlyandiyadagi kattalar o'rtasidagi turnirda ikki yosh bokschimiz g'alaba qozondi
O'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan "GeeBee" xalqaro turnirida ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kunida ikki nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. -63 kg vazn toifasidagi yosh bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev armanistonlik Narek Xovannisyanni 4:1 hisobida mag'lub etdi. -57 kg vaznli Abdumalik Xalakov esa rossiyalik Vsevolod SHumkovdan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar