23 mar 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Firuza SHaripova: Keyingi jangimni Nazarbaevga bag'ishlayman
Professional boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempioni Firuza SHaripova navbatdagi jangini Nursultan Nazarbaevga bag'ishlashini malum qildi.
"Keyingi jangimni mamlakat yo'lboshchisi Nursultan Nazarbaevga bag'ishlayman! Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz rivoji va taraqqiyoti uchun xizmat qilgan hurmatli Prezidentimizga minnatdorlik izhor qilaman. Prezident rahbarligida biz ulkan yutuqlarga erishdik. Hammasi uchun rahmat", - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan SHaripova.
Eslatib o'tamiz, 19 mart kuni Qozog'iston Prezidenti Nursultan Nazarbaev o'z vakolatini topshirgan edi.
Havola :
Fikrlar