07 mar 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Fiziev va Getji jangga ikki kun qolgandagi jismoniy holatlarini ko'rsatishdi + FOTO
Xabaringiz bor, 9 mart tongida AQSHning Las-Vegas shahrida raqamlangan UFC 313 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning co main-event jangi engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda ozarbayjonlik Rafael Fiziev amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Aralash yakkakurash ustalari jangga ikki kun qolgan bir paytda jismoniy holatlari qanday ekanini ko'rsatishdi.
Eslatib o'tamiz, bu revansh maqomidagi jang bo'ladi. O'tgan yilning mart oyida UFC 286 turniri doirasida o'tgan ilk jangda Jastin hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : chamionat.com
Fikrlar