07 may 10:13
Yangiliklar
Futbol

Flik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“Barselona“ bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Inter“dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hafsalam pir bo'ldi, lekin o'yindan emas. Futbolchilarim qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. Bu futbol, yangi mavsumda yanada kuchliroq bo'lib qaytishga harakat qilamiz. Bu avlod ushbu musobaqada g'alaba qozonishga haqli edi.
Hakam haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman, ammo har bir bahsli vaziyat “Inter” foydasiga hal bo'ldi. Biz bundan saboq olamiz. “Inter” ham kuchli jamoa va ularning mehnati tahsinga loyiq. Himoyasi tartibli, hujumda ajoyib futbolchilarga ega jamoa", - dedi Flik.
Havola :
Fikrlar