02 apr 12:37
Yangiliklar
Floyd Meyvezer - tarixdagi eng ko'p maosh oluvchi bokschi. Top-10`da kimlar bor?
Faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan amerikalik 49 yoshli charm qo'lqop ustasining sport orqali ishlab topgan "maoshi" inflyaciya, yani pul qadrsizlanishini qo'shib hisoblaganda 1,57 milliard dollarni tashkil qilgan.
Ikkinchi o'ringa boks afsonasi Mayk Tayson joylashtirildi. Uning daromadi roppa-rosa 1 milliard dollar ekani hisob-kitob qilingan. Meksikalik Floyd "Kanelo" Meyvezer 870 million dollar bilan Top-3`talikni yakunlab bergan.
Sportico talqini bo'yicha tarixdagi eng ko'p maosh oluvchi bokschilar:
1. Floyd Meyvezer (inflyaciyani hisobga olganda — $ 1,57 mlrd; inflyaciyani hisobga olmaganda — $ 1,16 mlrd).
2. Mayk Tayson ($ 1 mlrd; $ 495 mln).
3. Saul "Kanelo" Alvares ($ 870 mln; $ 760 mln).
4. Menni Pakyao ($ 815 mln; $ 595 mln).
5. Jorj Forman ($ 740 mln; $ 360 mln).
6. Oskar de la Xoyya ($ 720 mln; $ 415 mln).
7. Evander Xolifild ($ 675 mln; $ 320 mln).

Fikrlar