13 fev 09:26
Yangiliklar
Tennis

Fomin Portugaliyadagi turnirda deyarli 1000-raketkaga yutqazdi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin musobaqaning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hamyurtimiz 2 soatu 5 daqiqa davom etgan 1/16 final doirasidagi bahsda ispaniyalik Kurras Abasologa 6/4, 4/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 565, Abasolo esa 967-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar