24 okt 07:36
Yangiliklar
"Formula-1"da kutilmagan yangilik. Xemilton va Leklerning AQSH Gran-Prisidagi natijasi bekor qilindi
"Mercedes" haydovchisi Lyuis Xemilton Ostindagi poygada ikkinchi, "Ferrari" haydovchisi SHarl Lekler esa oltinchi o'rinni egallagandi. Ammo texnik ko'rikdan so'ng ularning avtomobillari tagidagi panjaralar reglamentda belgilangan meyorlardan yupqaroq ekanligi malum bo'ldi.
"FIA"ning takidlashicha, o'ziga xos sharoitlar - trekning notekisligi, shuningdek, shanba kuni o'tkazilgan sprint tufayli panjaralar o'chirilgan, natijada jamoalar yaxshiroq sozlamalarni topish va o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishga vaqtlari kam bo'lgan.
Biroq "Formula 1" texnik reglamentining 3.5.9e bandiga ko'ra, poyga ishtirokchilari avtomobilning qoidalarga muvofiqligi uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar, shuning uchun Xemilton va Lekler AQSH Gran-Prisidan diskvalifikaciya qilindi.
Styuardlarning qarorlari natijasida "McLaren" vakili Lando Norris ikkinchi, "Ferrari" vakili Karlos Sayns uchinchi, Serxio Peres esa to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. "Uilyams"dan Aleks Albon va Logan Sargent ham yuqorilashdi.
Fikrlar