So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

07 okt 11:04
Yangiliklar

Boshqalar

FOTO. CHirchiqda "Besh tashabbus olimpiadasi" bellashuvlari avj pallasida

Ayni paytda barcha hududlarda "besh tashabbus olimpiadasi" ning ikkinchi mavsumi doirasida bellashuvlar o'tkazilmoqda. Xususan, 4-6 oktyabr kunlari CHirchiq shahrida ham "besh tashabbus olimpiadasi" dasturidagi voleybol, engil atletika hamda stirtbol bo'yicha mahallalararo bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvlar Yoshlar ishlari agentligi CHirchiq shahar bo'limi, CHirchiq shahar sport maktabi va boshqa masul tashkilotlar hamkorligida o'tkazilmoqda.

4 oktyabr kuni  voleybol bo'yicha  4 ta sektor hududida mahallalar o'rtasida musobaqalar tashkil etilib, birinchi o'rinlarni band etgan jamoalar keyingi bosqich masalasini hal etishdi. 

SHuningdek, 5 oktyabr kuni shahardagi umumiy o'rta talim maktablarida engil atletika bahslari qizg'in tarzda o'tkazildi va marraga birinchi bo'lib etib kelgan ishtirokchilar shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. "Besh tashabbus olimpiadasi" dasturidan o'rin olgan stritbol bellashuvlari rejaga muvofiq 6 oktyabr kuni o'tkazildi. CHirchiq shahrining to'rtta hududida bo'lib o'tgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi stirtbol musobaqalari ham qizg'in bahslarga boy tarzda o'tkazildi. To'rtta yosh toifasida bo'lib o'tgan mazkur stirtbol musobaqalarida  ham reglamentga ko'ra, birinchi o'rinni egallagan jamoalar shahar bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishdi.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi bellashuvlar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing