21 dek 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Hamyurtimiz “Yilning eng yaxshi jamoasi”ga sovrin topshirdi
SHveycariyaning Montre shahrida bo'lib o'tgan AIBAning 70 yillik yubiley tadbirida Hasanboy Do'smatovdan tashqari yana bir hamyurtimiz ham ishtirok etdi.
Aniqrog'i, AIBA ijroiya qo'mitasi azosi, Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHerzod Toshmatov WSB yo'nalishi bo'yicha yilning eng yaxshi jamoasiga mukofotni topshirdi.
Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi 2016 yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Aynan ushbu Kuba boks jamoasi oltinchi marotaba o'tkazilgan WSB musobaqasi g'olibiga aylangan edi.
Eslatib o'tamiz, WSB yo'nalishining VI mavsumi finali shu yilning 4 iyun kuni poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tgandi. Unda “Cuba Domadores” jamoasi Buyuk Britaniyaning “British Lionhearts” jamoasi ustidan g'alaba qozonib chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar