So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

14 avg 07:17
Yangiliklar

Boks/MMA

FOTO Isroil Madrimov matbuot anjumanida nimalar dedi?

Xabar berganimizdek, Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida AQSHning Oklaxoma shtati Talsa shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, uning doirasida charm qo'lqop ustalarimiz Isroil Madrimov va SHahram G'iyosov o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi. Bugun oqshom ishtirokchilari matbuot anjumanida qatnashishdi. 

Jumladan, Isroil Madrimov (5-0, 5 KOs) va uning raqibi Erik Uolker (20-2, 9 KOs) ham savollarga javob berishdi. Biz uchun Isroilning fikrlari muhimroq.

"Janglarimizni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatayotgan taniqli promouter Eddi Xirnga minnatdorchilik bildiraman. Murodjon Ahmadalievning chempion bo'lishida ham bu insonning xissasi katta. Uning rejasida barchamizning chempionlik janglarimizni O'zbekistonda o'tkazish ham bor edi. Afsuski, pandemik vaziyat bunga yo'l qo'ymadi", - dedi Madrimov.  

"O'zbekistonda boksni aqlbovar qilmas darajada yaxshi ko'rishadi. Hukumat ham barcha sport turlari qatori boksni qo'llab-quvvatlaydi. Natijalar esa shunga monand bo'lmoqda. Yana bir bor Murodjonni esga olaman. U qisqa muddatda ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Do'stimiz, jamoadoshimiz uchun o'zimizda yo'q xursandmiz. Menda ham ana shu rekordni yangilash imkoniyati bor. Buning uchun birinchi galda ertaga o'tkaziladigan saralash jangida g'alaba qozonishim shart", - deya so'zlarini davom ettirdi charm qo'lqop ustamiz. 

"CHempionlik jangidagi raqibim Jeyson Rosariomi bo'ladimi yoki Jermall CHarlomi, menga farqi yo'q. Istalgan chempionga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Ular mendan qochib qutula olmaydilar. Men debyut jangimdayoq kamar uchun ringga chiqqanman. Bundan keyingi janglarim ham titul uchun bo'ladi", - deya so'zlariga yakun yasadi Isroil.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
14 avg 14:24:45
Judo 1
Isroil chempionlikka oz qoldi omad tilaymiz. Ertaga tolko nokaut bilan galaba kutamiz!
   
14 avg 10:47:46
Dark Warrior
Goooo UZBEKISTAN
   
14 avg 09:30:19
quruvchi
Хамиша омвд тилаб коламан. Жахоннинг тенгсиз Чемпиони булинглар
   
14 avg 09:20:06
Rofe Insine
Omad galaba
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing